<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Bitta yorga</title>
<lyrics>[V1]
 Bitta yorga, bitta oy,
 Yashash oʻzi ibodat.
 Oʻzga bogʻni kezganlar,
 Qilar bir kun xiyonat.
 Bitta yorga, bitta oy,
 Yashash oʻzi jasorat.
 Yo egrini bugrimi,
 Shifo berur sadoqat.

[V2]
 // Ilk yoridan or qilgan
 Dardi daryo soy boʻlar. //
 // Xushtorini koʻzlagan,
 Rabbim kelsa, voy boʻlar. //

[V3]
 // Kutar ekan yoringiz,
 Qalbdagi dil toringiz. //
 // Farzandlarni yigʻlatib,
 Mehrga zor etmangiz. //

[V4]
 // Bir kun kelgan Rabbimiz,
 Gulzoringiz kezadi. //
 // Tikonli bu togʻlardan,
 Gulbogʻ yasab ketadi. //

[V5]
 // Gunohlarga qul boʻlgan,
 Koʻzlaridan yosh oqar. //
 // Farzandni-chi xor etgan,
 Yolgʻiz, ado koʻr boʻlar. //

[V6]
 Bitta yorga, bitta oy,
 Yashash oʻzi ibodat.
 // Oʻzga bogʻni kezganlar,
 Qilar bir kun xiyonat. //
 Bitta yorga, bitta oy,
 Yashash oʻzi jasorat.
 // Yo egrini bugrimi,
 Shifo berar sadoqat. //
 Bitta yorga, bitta oy,
 Yashash oʻzi ibodat.
 Oʻzga bogʻni kezganlar,
 Qilar unga jinoyat.
 Oʻzga bogʻni kezganlar,
 Qilar unga xiyonat.</lyrics>
</song>